Kuman "Barselona" murabbiyi sifatida "Real"ga qarshi o'tkazgan 3 o'yinida ham mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
25 okt 2021, 00:58
"Barselona" La Liganing 10-turida o'z maydonida "Real"ga yutqazdi (1:2).

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman uchun bu madridliklarga qarshi 3 o'yindagi uchinchi mag'lubiyatdir.

Niderlandiyalik mutaxassis 2020 yilning avgustidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. O'sha yilning 24 oktyabrida "Barsa" "Real"ga 1:3, 2021 yilning 10 aprelida 1:2 hisobida yutqazgandi.

La Liganing ikkinchi davrasida ikkala klub 2022 yilning 20 martida to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia