

"90min" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Everton" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Irislar" bosh murabbiyi Rafael Benitesning shaxsan o'zi uning transferini istamoqda.
Ispaniyalik mutaxassis 2013-2015 yillar davomida "Napoli"da u bilan birga ishlaganligini aytib o'tish kerak.
O'tgan mavsumda Kulibali barcha turnirlarda 37 o'yinda qatnashdi va bir bora gol urdi.
Oldinroq "Barselona" va "Manchester Yunayted" tomonidan futbolchiga qiziqishlar borligi aytilgandi.



