

Turin klubi rahbariyati 33 yoshli futbolchi bilan shartnomasini 2023 yilning yoziga qadar uzaytirishga tayyor.
O'tgan mavsum Kuadrado "Yuventus" safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.
Kuadrado "Yuventus"dan tashqari "Chelsi", "Fiorentina", "Lechche", "Udineze" va Kolumbiyaning "Independiente" klublarida o'ynagan.



