Krishtianu Ronaldu shartnoma uzaytirilgani haqida: "Mening ambiciyalarim tugamaydi"

Mirjalol Normatov
26 iyun 2025, 21:24
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Al Nassr" bilan shartnomasi uzaytirilganligi haqida gapirdi.

"Mening ambiciyalarim tugamaydi. Barqarorlik, bir maqsad yo'lida mehnat va jamoaviy ish - mana nima bizni kuchliroq qiladi.

Bu bizning maqsadimiz va men shu uchun ishlayapman. Biz yangi sahifani boshlayapmiz", - dedi Ronaldu.

Klubi bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirgan Ronaldu Saudiya Arabistoni jamoasi tarkibida 111 o'yinda 99 gol va 19 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Record