

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy sahifalariga oilaviy tushgan suratini joyladi. E'tiborli jihati, portugaliyalik futbolchi O'zbekiston aralash jang sanati assotsiatsiyasi libosini kiygan holda suratga tushgan
"Eng buyuk sevgi...", - deya izoh qoldirgan suratga Krishtianu.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston aralash jang sanati assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov hisoblanadi.





