Krishtianu Ronaldu "Barselona"ga urgan golini nima uchun nishonlamaganini aytdi

Tolibjon Qosimov
8 may 2018, 16:14
Yakshanba, 6 may kuni Ispaniya chempionati 36-turida muxlislar "El Klasiko" guvohi bo'ldilar.

"Kamp Nou"da o'tgan bahsda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. Ana shu uchrashuvda "Real" yetakchisi Krishtianu Ronaldu 14-daqiqada hisobni tenglashtirgan edi. O'sha vaziyatda Ronaldu golni odatdagidek katta xursandchilik bilan nishonlamadi. Keyinroq esa u nega bunday qilganini aytib o'tdi.

Jurnalist: "Barselona"ga urgan golingizni nima uchun nishonlamadingiz?
Ronaldu: "Menga futbol o'ynashni o'rgatgan inson shifoxonada azoblanayotganida men qanday qilib golni nishonlayman"?


Eslatib o'tamiz, afsonaviy murabbiy Ser Aleks Fergyuson miyaga qon quyilishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Fergyuson muvaffaqiyatli operaciya qilingan va u uzoq muddat davolanishi kerakligi aytilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/UtdHQ_