Krishtianu Ronaldu 2023 yildagi 50-goli haqida fikr bildirdi

Nozimov Nig'monxo'ja
12 dek 2023, 09:33
“Al Nassr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning Qirol kubogi yarim finaliga chiqqani va 2023-yilda 50-golini urgani haqida fikr bildirdi.

“Ajoyib g'alaba va men 2023 yildagi 50-golimni urganimni e'lon qilishdan juda xursandman, buning barchasi jamoadoshlarim, muxlislarim va oilamning so'nmas qo'llab-quvvatlashi tufayli! Bu yil hali bir nechta gollar uchun joy bor”, - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmog'ida.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu “Al Nassr”da 2023 yilning yanvaridan buyon to'p surmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Ronaldu “Al Nassr” safida barcha turnirlarda 22 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com