

"Buqalar"ning rasmiy sayti o'z futbolchilarining ushbu bahsdagi statistikasini e'lon qildi. Ko'plab ko'rsatkichlar bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov eng yaxshilar safidan joy oldi.
Eng ko'p masofa bosib o'tganlar: Maurisio Pereyra (11 712 m), Vitaliy Kaleshin (11 559 m), Odil Ahmedov (11 532 m)
Eng yuqori o'rtacha tezlik: Vyacheslav Podberyozkin (2,09 m/s), Maurisio Pereyra (2,07 m/s), Vitaliy Kaleshin, Odil Ahmedov (2,04 m/s)
Kurashlarda eng ko'p g'olib: Odil Ahmedov (12)
Eng ko'p hujumni keskinlashtiruvchi oshirmalar: Maurisio Pereyra (4tadan 3tasi aniq), Odil Ahmedov (8tadan 3tasi)
Aldab o'tish bo'yicha eng yaxshilar: Odil Ahmedov (6), Vyacheslav Podberyozkin (4)
TTH (texnik va taktik harakatlar) bo'yicha eng ko'p ball yiqqanlar: Odil Ahmedov (134), Vitaliy Kaleshin (133).



