Koutino "Inter"ga rad javobini berdi. U APLga qaytmoqchi

Mirjalol Normatov
27 mar 2020
"Bavariya"da ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" xavbeki Filippe Koutino faoliyatini APLda davom ettirishni istamoqda.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "Bavariya"ga futbolchining o'yinlari maqul kelmagan va ular shartnomadagi sotib olish bandini amalga oshirmoqchi emas. Xavbekning o'zi PSJ va "Inter"ga rad javobini bergan. U APLga qaytishni istamoqda.

27 yoshli futbolchining xizmatlariga APLdan "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo