Korrea: "Messi uchun "Atletiko"ning eshiklari ochiq"

4 fev 2021, 01:11
Madridning "Aletiko" klubi yarim himoyachisi Anxel Korrea "Barselona" sardori Lionel Messining Luis Suaresdan o'rnak olib "matraschilar" safiga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Messiga allaqachon aytilgan. U "Atletiko"ning eshiklari o'zi uchun har doim ochiqligini biladi. Kim ham o'z jamoasida Messi o'ynashini istamaydi?

Leoningboshqa chempionatga ketishi La Liga uchun ulkan yo'qotish bo'ladi. U hamon eng zo'ri, har doim shunday bo'ladi", – dedi Madrid klubi futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TyC Sports