Koronavirus Info. Qamchiq dovonida transportlar harakati to'xtatildi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2020, 11:09
Telegramdagi rasmiy Koronavirus Info kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

O'zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Farg'ona viloyatini Toshkent shahri va boshqa viloyatlar bilan bog'lovchi Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.

Faqatgina Farg'ona viloyatidan boshqa viloyatlarda doimiy ro'yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi.

Fuqarolardan ushbu cheklovlarni to'g'ri qabul qilishlarini, olib borilayotgan tadbirlar va belgilangan tartiblarga qatiy amal qilish orqali xavfli virusning respublikamizda tarqalishini oldini olishga o'z hissalarini qo'shishlarini so'rab qolamiz! - deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia