Kopa Amerikada porlagan braziliyalik futbolchi APLga ko'chib o'tishi mumkin

9 iyul 2019, 09:20
“Gremio” futbolchisi Everton Soares faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Everton bo'yicha “Manchester Siti” “Gremio”ga 40 mln evrolik taklif yuborgan. Hozircha braziliyaliklar bunga javob bermagan. 

Avvalroq futbolchining “Milan” yoki “Manchester Yunayted”ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/Nicolo Skira