Konte "Real"ni boshqarishdan bosh tortdi

8 iyun 2018, 10:39
Madridning "Real" klubi taklifiga Antonio Konte rad javobini berdi.

Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, "Real" klubi vakillari Konte bilan aloqaga chiqishgan, ammo italiyalik mutaxassis "Chelsi" bilan 2019 yilga qadar shartnomasi borligini bildirgan. Ushbu xabar g'arb matbuoti tomonidan tasdiqlanmagan bo'lsada, Roman Abramovich hali Antonio Konte bilan hamkorlikni to'xtatmagan.

Football Italia nashrining yozishicha, Konte "Real" futbolchilarining o'z ish uslubiga tayyor ekaniga shubha qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru