Konte Kulushevskining "Tottenxem"dagi kelajagiga oydinlik kiritdi

Mirjalol Normatov
6 may 2022, 00:12
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Yuventus"dan ijaraga olingan forvard Deyan Kulusevskining klubdagi kelajagini ma'lum qildi.

"Ha, u hozirda ijarada o'ynamoqda. Biroq transfer ishlari deyarli yakunlangan. Hozircha buni rasman deb bo'lmaydi. Uning qolishi 100 foiz aniq deb o'ylayman", - dedi Konte.

21 yoshli forvardning "Tottenxem" bilan ijara shartnomasi yana 2 mavsum davom etadi. Transfer summasi 30 million evroga teng. Ijara uchun "shporlar" 11 million evro to'lagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football.London