Konte iste'foga chiqarilgan taqdirda "Inter"ga Allegri kelishi mumkin

Alisher
22 avg 2020, 11:54
"Yuventus" va "Milan" sobiq murabbiyi Massimiliano Allegri Antonio Konte iste'foga chiqarilgan taqdirda "Inter"ni boshqarishi mumkin.

Aynan Allegri Milan klubini boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi. Bu haqda italyan nashrlari xabar tarqatmoqda.

Allegri Konteni bundan oldin "Yuventus"da 2014/15 yilgi mavsum oldidan almashtirgandi. Uni Turinga "Inter"ning hozirgi bosh direktori Beppe Marotta taklif qilgan.

Milanliklar joriy mavsum A Seriyada ikkinchi o'rinni egallashdi va Yevropa Ligasi finaliga yo'l olishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net