Konte: "Hozir "Liverpul" va "Arsenal" emas Angliya Kubogi haqida o'ylayapman"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2017, 11:54
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Brentford"ga qarshi Angliya Kubogi 1/16 bosqichi uchrashuvidan oldin APLdagi keyingi o'yinlar haqida o'ylamayotganini aytdi.

"Biz APLda ikki qiyin raqibga qarshi ikki og'ir uchrashuv kutib turibdi, ammo ayni damda Kubokning keyingi bosqichiga chiqishga bor e'tiborimni qaratganman, futbolchilar ham shunday. Biz uchun har bir turnir muhim. APLdan boshqa turnirda ishtirok etish juda muhim, chunki bu mavsum Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida o'ynamayapmiz.

Ko'plab futbolchilarga dam olish uchun imkon berishim mumkin, ammo biz g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishni xohlaymiz. Ertaga jamoa uchun eng yaxshi qarorni qabul qilishga harakat qilaman. Bu sayyoramizdagi eng keksa futbol turniri. Angliya Kubogida hamma narsa bo'lishini mendan yaxshi bilasiz" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com