Konte: Chelsida uzoq yillar qolmoqchiman

Narzulla Saydullayev
17 apr 2017, 09:22
Chelsi ustozi Antonio Konte klubda ancha vaqt ishlamoqchi ekanini aytib o'tdi.

Chelsida uzoq yillar qolmoqchiman. Murabbiylik faoliyati natijalarga bog'ligini bilaman.

Ammo murabbiylarni har kungi ishi bo'yicha ham hurmat qilish kerak.

Yutqazishni umuman yoqtirmayman. Futbolni sevaman. Odamlar mening hissiyotimni tushunishadi deb umid qilaman. Chelsi muxlislari mendan xursand ekanliklaridan mamnunman.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com