Konfederatsiyalar kubogi. Rossiyaning yakuniy tarkibi e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2017, 00:22
Rossiya terma jamoasi ustozi Stanislav Cherchesov Konfederatsiyalar kubogi-2017 musobaqasi uchun yakuniy futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

23 nafar futbolchi o'rin olgan ro'yxatdan Roman Noyshtedter (Fenerbaxche), Andrey Semenov (Terek) va Aleksandr Belenov (Ufa) o'rin olishmadi.

Jarohat tufayli quyidagi to'rt futbolchi ham ro'yxatdan joy olishmadi: Mario Fernandes, Alan Dzagoev (ikkisi SSKA), Roman Zobnin (Spartak) va Artem Dzyuba (Zenit).

Darvozabonlar: 1. Igor Akinfeev (SSKA), 12. Vladimir Gabulov (Arsenal Tula), 16. Gilerme (Lokomotiv);

Himoyachilar: 3. Roman Shishkin (Krasnodar), 5. Viktor Vasin (SSKA), 6. Georgiy Djikiya (Spartak), 10. Ruslan Kambolov (Rubin), 13. Fedor Kudryashov (Rostov), 14. Ilya Kutepov (Spartak);

Yarim himoyachilar: 2. Igor Smolnikov (Zenit), 4. Yuriy Gazinskiy (Krasnodar), 8. Denis Glushakov (Spartak), 15. Aleksey Miranchuk (Lokomotiv), 17. Aleksandr Golovin (SSKA), 18. Yuriy Jirkov (Zenit), 19. Aleksandr Samedov (Spartak), 21. Aleksandr Eroxin (Rostov), 22. Dmitriy Tarasov (Lokomotiv), 23. Dmitriy Kombarov (Spartak);

Hujumchilar: 7. Dmitriy Poloz (Rostov), 9. Fedor Smolov (Krasnodar), 11. Aleksandr Buxarov (Rostov), 20. Maksim Kanunnikov (Rubin).

Konfederatsiyalar kubogi 17 iyundan 2 iyulga qadar Qozon, Sochi, Sankt-Peterburg va Moskva shahrida bo'lib o'tadi. Rossiya "A" guruhida Yangi Zelandiya, Portugaliya va Meksika bilan o'ynaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: rfs.ru