Kollina JCH-2022'da o'yinlarga nega ko'p vaqt qo'shib berilayotganiga tushuntirish berdi

Eldor Akmurzayev
22 noya 2022, 08:35
FIFA hakamlar qo'mitasi raisi, o'tmishdagi taniqli referi Perluiji Kollina jahon chempionati o'yinlarida nega ko'p vaqt qo'shilayotganiga munosabat bildirdi.

“Rossiyada bo'lib o'tgan 2018 yilgi Jahon chempionatida biz qancha daqiqa kompensaciya qilinishi kerakligini aniqroq hisoblashni boshladik. Odamlarga to'rtinchi hakam tabloda olti, etti, hatto, sakkiz raqamlarini ko'tarsa, hayron bo'lmasliklari kerakligini tushuntirgandik.

Agar toza o'yin vaqtini ko'rishni xohlasangiz, bunga tayyor turishingiz lozim. Uchta golli uchrashuvni tasavvur qiling. Odatda golni nishonlash uchun 1,5 daqiqa ketadi va orada 5-6 daqiqa yo'qotiladi.

Biz barchasini boricha hisoblashni istaymiz. Bu borada Rossiyada muvaffaqiyatga erishdik va Qatarda ham bunga umid qilmoqdamiz”, deydi Kollina.

Eslatib o'tamiz, Angliya – Eron (6:2) bahsi Jahon chempionatlari tarixida asosiy bo'limi eng uzoq davom etgan uchrashuvga aylandi – 117 daqiqa. Bosh hakam 1-taymga 14 daqiqa, ikkinchisiga esa 10 daqiqa qo'shib berdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia