Koke "Atletiko"da eng ko'p o'yin o'tkazganlar orasida 2-o'ringa chiqib oldi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2021, 23:55
Yarim himoyachi Koke bugun "Granada"ga qarshi o'yinda (2:1) maydonga tushib, Madridning "Atletiko"si safidagi 483-uchrashuvini o'tkazdi.

29 yoshli ispaniyalik "matraschilar" safidagi o'yinlar soni bo'yicha Tomas Renones bilan tenglashib olib, ikkinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Ma'lumot uchun, "Atletiko"ning ushbu ko'rsatkich bo'yicha rekordchisi Adelardo Rodriges (553) sanaladi.

Koke – "Atletiko" tarbiyalanuvchisi. U asosiy tarkibda 2009 yili debyut qilgan bo'lib, shu paytgacha 46 ta gol urgan va 104 ta golda assistent vazifasini o'tagan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia