"Atletiko" yetakchisi jarohat tufayli bir yarim oyni o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2025, 18:58
"Atletiko" yarim himoyachisi Koke jarohat tufayli safdan chiqdi.

Futbolchi o'ng oyog'i mushaklarini shikastlab oldi va "Selta"ga qarshi o'yinni og'riq bilan yakunlagan.

Xavbek qachon safga qaytishi borasida hozircha aniq ma'lumot yo'q. Katta ehtimol bilan u 30 martdan keyingina jamoaga yordam bera oladi - aynan shunda terma jamoa o'yinlari tufayli yuzaga keladigan tanaffus o'tib, klublar futboli qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: atleticodemadrid.com