Klopp: "Taslim bo'lish yo'q"

Mirjalol Normatov
5 mar 2019, 19:56
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Everton"ga qarshi o'yindan keyin ikkinchi o'ringa tushib qolgani haqida gapirdi.

"Oldinda juda ko'p o'yinlar bor. Ushbu pog'onaga yetib kelishimizda yigitlarning barqarorligi sababchi. Bizni mag'lub etish qiyin bo'lmoqda, bu esa futbolda juda muhim. Qiyin o'yinlarda ham vaziyat yarata olyapmiz, ammo undan foydalanish ham kerak. Lekin "Everton"ga qarshi o'yinda bunday holat ko'p ham bo'lmadi. O'yin dinamikasi o'zgarib ketdi. Endi "Siti" peshqadam, biz esa ikkinchi o'rinda. Taslim bo'lish yo'q", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal