Klopp: "Lazaretga yana bir futbolchi qo'shildi"

Mirjalol Normatov
12 sen 2022, 23:50
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp jarohatlanganlar haqida gapirdi.

"Endryu Robertson hali yuz foizga tayyor emas. U uchrashuvning so'nggi daqiqalarida o'zida jarohat borligini ma'lum qildi. Ertasi kuni esa u ahvoli yaxshi emasligini tushuntirdi. Menimcha u termalarning tanaffusidan keyin safga qaytsa kerak.

Kertis Jons o'ynay olmaydi. Fabiu faqatgina kecha mashg'ulot qildi. Menimcha u "Ayaks"ga qarshi o'yinga tayyor holatda. Nabi Keyta termasiga bormasa kerak deb o'ylayman. Chunki u oktyabr oyida safga qaytadi. Oksleyd-Chemberleynda ham holat shunga o'xshash. Shu sababli ular YCHL o'yinida qatnashishmagandi", - dedi Klopp.

Ayni damda "Liverpul" lazaretida ushbu futbolchilar bor: Jordan Xenderson, Ibraima Konate, Kertis Jons, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Kuivin Kellexer, Kelvin Remzi, Nabi Keyta va Endi Robertson.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal