

Braziliyalik futbolchi 2022 yilgacha mo'ljallangan yangi bitimga imzo chekdi.
"Bu "Liverpul"ning barcha muxlislari uchun ajoyib yangilik. Filippe buyuk futbolchiligini hamma biladi, ammo u kiyinish xonasida jamoadoshlariga katta ta’sir o'tkaza olishidan ko'pchilikning xabari yo'q.
Men uni "Liverpul"ga kelishidan oldin bilardim. U o'sishda davom etayotgan jahon darajasidagi futbolchi. Filippe o'z orzularini "Liverpul"da amalga oshira olishini yaxshi biladi" - deydi Koutino.



