Klopp futbol sharhlovchiligida o'zini sinab ko'rishi mumkin, unga ikki telekanal da'vogarlik qilmoqda

Оқил Абдубарноев
7 mar 2024, 22:44
Mavsum so'ngida "Liverpul"ni tark etadigan Yurgen Klopp o'zini sharhlovchilikda sinab ko'rishi mumkin.

Garchi murabbiy bilan Yevropaning bir qancha TOP klublari, jumladan, "Bavariya" va "Barselona" aloqaga chiqishgan bo'lsa-da, uning agenti Kloppning bir yil dam olishini e'lon qildi.

Nemis mutaxassisi kuch-quvvatga to'lib olgunga qadar Evro-2024'da televizion sharhlovchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

Germaniya yashil maydonlarida o'tkaziladigan turnirda faoliyat olib borish uchun Klopp ITV va BBC telekanallaridan taklif olgan. Yakunda uning qanday qarorga kelishi hozircha noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail