Klaudio Raneri: “Kim“Lester”da o'zini baxtsiz his qilsa, men bilan uchrashsin”

Aslanov Jasurbek
16 dek 2016, 23:29
“Lester” bosh murabbiyi Klaudio Ranerining aytishicha, klub jamoada o'zini noqulay his qilayotgan futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor.

“Agar futbolchilardan kimdir o'zini klubda baxtsiz his qilsa, menga murojaat qilsin, u bilan gaplashib, o'zi uchun ham klub uchun ham yaxshi bo'lgan qarorni qabul qilamiz. Kimdir jamoadan ketmoqchi bo'lsa,  men uni ushlab turishni yoqtirmayman. Men futbolchilarga yordam berishni istayman, ammo futbol bu biznes. Bu yerda ular yaxshigina daromad qilishadi, shu bois ular buni tushunishlari va hurmat qilishlari lozim”, dedi Raneri.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com