Klarens Zeedorf "Kuinz Park Reynjers"ni boshqarishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
14 noya 2015, 21:32
Football Italia nashrining xabar qilishicha, gollandiyalik sobiq futbolchi Klarens Zeedorf KPRni boshqarishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, jamoaning sobiq bosh murabbiyi Kris Remsi ishdan bo'shatilgandi.

Agar londonliklar Zeedorf bilan ishlamoqchi bo'lsalar, "Milan" bilan ham kelishishlariga to'g'ri keladi. Chunki, murabbiy va klub o'rtasidagi shartnoma haliyam bekor qilinmagan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia