Kin: "MYU o'yinchilari Mourinyuni avtobus tagiga tashlagandilar, ular Sulsher bilan ham shunday qilishadi"

Alisher
9 okt 2020, 14:17
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Roy Kin "qizil iblislar"ning "Tottenxem"dan mag'lubiyatga uchragani haqida gapirdi.

Ole Gunnar Sulsher jamoasi o'sha o'yinda 1:6 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

"Tottenxem" bilan o'yin - mankunianlar uchun sharmandalik. Hammada ham yomon kunlar bo'ladi, ammo o'sha kunda bazi o'yinchilar klub emblemasini shunchaki rasvo qilishdi.

Futbolchilar Mourinyuni avtobus tagiga tashlagandilar, ular Sulsher bilan ham shunday qilishadi", - deydi Kin.

"Manchester Yunayted" 3 turdan so'ng APL jadvalida 16-o'rinda borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal