Kilian "Real"da o'zi xohlagan raqamda o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
11 may 2024, 16:46
Kilian Mbappe "Real"da qaysi raqamda o'ynashi ma'lum bo'ldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli fransiyalik forvard "Qirollik klubi"da o'zining sevimli 10 raqamida to'p tepmoqchi.

Biroq ayni damda ushbu raqam band - bu raqamda Luka Modrich o'ynaydi. Agar xorvatiyalik "Real"ni tark etadigan bo'lsa, Mbappe 10 raqam ostida harakatlanadi. Modrich va "Real" o'rtasida yana bir yillik bitim mavjud. Kilian ungacha 9 raqamda o'ynashiga to'g'ri keladi.

Modrichning qarori Endrikka tasi qilishi mumkin: Agar Luka Madrid klubini tark etsa, Kilian 10, braziliyalik esa 9 raqamda o'ynaydi. Endrik ham aynan shu raqamda to'p tepishni xohlayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As