Kilian Mbappening onasi o'g'li bolaligida qaysi klubga muxlislik qilganini aytdi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2023, 10:38
Javob sizni hayratda qoldirishi mumkin.

Kilian Mbappening onasi Fayza Lamari hozirgi jahon futboli yulduzi bolaligida qaysi jamoaga muxlislik qilganini esladi.

"Uyda u faqat "Milan" haqida gapirardi. Agar ular yutqazsa, u televizor pultini uloqtirib, italyancha haqorat qilar edi", – dedi Fayza Lamari.

Eslatib o'tamiz, ertaga PSJ Chempionlar Ligasining 3-turi doirasida "Milan" bilan o'ynaydi.

Avvalroq Kilian Mbappe "Real"ga muxlislik qiladi deb hisoblanar edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport