Kilian Mbappe “Nim”ga urgan gollarini kimga bag'ishlagani ma'lum bo'ldi

17 okt 2020, 08:38
Mbappe Liga 1 7-turida (“Nim”-PSJ 0:4) dublga erishdi.

Kilian Mbappe uchrashuvda urgan golini nishonlayotgan vaqtida futbolkasi ostidagi libosida “Bardam bo'l, Lyuka, men sen bilan!” degan yozuvni namoyish etdi. Bu orqali Mbappe PSJning 8 yoshli muxlisini qo'llab-quvvatlagan. Lyuka oqqon kasalligiga chalingan. Mbappening bu ishidan esa Lyuka va uning oilasi qattiq ta’sirlangani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Telefoot