

Unga ko'ra, Krishtianu Ronalduning o'g'li MYU akademiyasini tark etdi. 12 yoshli o'yinchi “qizil iblislar” maktabida 23 uchrashuvda 58 ta gol urib, 18 ta assistni o'z hisobiga yozdirgandi.
Ronaldu Junior 4 yillik tanaffusdan keyin “Real” akademiyasiga qaytdi va U-14 jamoasi a'zosiga aylandi. Krishtianu 2009-2018 yillar davomida “qaymoqranglilar” sharafini himoya qilgan. Avvalroq, portugaliyalik yulduz sobiq jamoasi bazasida mashg'ulot o'tkazgandi.



