Kiberfutbol: Jahon chempionati guruh bosqichiga qur'a tashlandi. Vakilimiz to'rtinchi guruhda

Aslanov Jasurbek
25 okt 2016, 11:31
Kecha, 24 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tadigan kiberfutbol bo'yicha jahon chempionati guruh bosqichiga qur'a tashlandi.

ESWC (Electronic Sports World Cup) yo'llanmasini qo'lga kiritgan Muhammadamin Turg'unboev ("Ali_Bebeto", "Bunyodkor") to'rtinchi guruhdan joy oldi. 


Uning gurhdagi raqiblari quyidagilar:

Spenser Iling ("Gorilla", Buyuk Britaniya)

Niklas Stensgaard ("Niller", Daniya)

Timo Sip ("TimoX", Germaniya)

David Soriano Peruxo (Ispaniya)

Subaru Sagano ("Mikey", Yaponiya)

Rodrigo Ulibarri ("UL1BARRI", Meksika)

Zakariya Bentato ("Emperatoor", Belgiya)


Jahon chempionatining 32 ishtirokchisi 4 guruhga bo'lindi. Har bir guruhdagi 1-4 o'rin egalari keyingi bosqichga chiqishadi. Turnirdagi o'yinlar 6 daqiqalik rejimda o'tadi. Muhammadamin Turg'unboev o'zining ilk uchrashuvini 29 oktyabr kuni o'tkazadi. Guruh bosqichi o'yinlari 30 oktyabr kunining yarmigacha yakunlanishi lozim.

Turnirda kuchli to'rtlikka kirgan kiberfutbolchilar quyidagi mablag'larni qo'lga kiritadi:

1.$8,000

2.$4,000

3.$2,000

4.$1,000


Kiberfutbolchimiz bugun tongda Parijga uchib ketdi. Hamyurtimizga jahon chempionatida omad tilaymiz!

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia