Keyn "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradimi?

Aslanov Jasurbek
26 okt 2017, 15:11
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn "Manchester Yunayted"ga qarshi mehmonda kechadigan APLning 10-tur uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi "Liverpul" bilan o'yinda (4:1) kichik jarohat olgan va shu sababli "Vest Xem"ga qarshi Angliya liga Kubogining 4-bosqichi bahsida ishtirok eta olmadi. O'yindan so'ng "shporlar" ustozi Maurisio Pochettino Keyn shanbadagi bahsda ishtirok etishi haqida hech narsa ma'lum emasligini aytdi.

"Jarohatlanganlar holatini aniqlash lozim. Shu sababli rotaciya qilishga majburmiz. Hozircha Keyn keyingi bahsda aniq o'ynaydi deya olmayman" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metro