Kevin De Bryuynega Bosniyadagi maydon yoqmadi (+FOTO)
Aslanov Jasurbek
8 okt 2017, 13:36
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Bosniya va Gertsegovinaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvi (4:3) o'tgan "Grbavica" stadioni chimining holatini tanqid qildi.
"Bahs oxirida jarohat oldim deb qo'rqdim. Buni hazm qilib bo'lmaydi. Qanday qilib, bunchalik yomon maydonda o'ynashimiz mumkin. So'nggi bor etti yoshligimda bunday maydonda to'p tepganman" - deydi yarim himoyachi.