Kerrik MYU bilan shartnomani uzaytirmasa faoliyatini yakunlashi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 mar 2017, 12:25
11 yildan beri "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilayotgan Maykl Kerrik joriy mavsum oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin.

35 yoshli futbolchining shartnomasi yozda yakuniga etadi.

"Agar yozda ketishga to'g'ri kelsa, faoliyatimni yakunlayman. MYUda uzoq vaqt o'ynadim, shu sababli o'zimni boshqa jamoada tasavvur qila olmayman. Bu yerda o'zimni yaxshi his qilaman, ammo mavsum oxirigacha hali vaqt bor. Hozircha murabbiy borasida kelajagim haqida suhbatlashmadik" - deydi Kerrik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror