Kellini: "Himoyadagi ishonchli o'yin - Italiya terma jamoasining birinchi raqamli vazifasi"

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2016, 17:42
Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellinining fikricha, jamoaning saralashdagi kam gol urishi Fransiyada muvaffaqiyatli ishtirok etishga halaqit bermaydi.

"Futbolda ko'p gol urish muhim deb o'ylamayman. Shunchaki raqibdan bitta ko'p gol ursangiz etadi. Tarixga e'tibor beradigan bo'lsak, Italiya - ko'p gol uradigan jamoa emas. Boshqalar 6 ta urishga harakat qiladi, biz esa o'sha raqibni 2:0 hisobida mag'lub etamiz.

Saralash bosqichini yaxshi o'tkazdik. Bizdan faqat kamroq gol qo'yib yuborib, raqibdan ko'proq gol urish talab qilinadi. Shaxsan men himoyaga e'tibor beraman. Pley-offda gol o'tkazib yubormasangiz, penaltida g'alaba qozonish imkoniyatingiz bo'ladi. Himoyadagi ishonchli o'yin bizning birinchi raqamli vazifamiz bo'lishi lozim. Texnik-taktik imkoniyatimizga ko'ra va murabbiyimizning mahoratini ham hisobga olsak, gol urish uchun juda ko'p imkoniyatimiz bo'ladi" - deydi Kellini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com