Kellini: "Ekdal hali yosh va to'g'ri gapirishni o'rganib olishi kerak"

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2016, 02:19
Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini "Yuventus"dagi sobiq jamoadoshi Olbin Ekdalning so'zlariga izoh berdi.

Oldinroq Ekdal Italiya - Shvetsiya uchrashuvidan so'ng Kellinini shunday tavsiflagan edi: "U o'zini maydonda cho'chqadek tutadi".

"Olbin xato qildi. U hali yoshi va to'g'ri gapirishni o'rganib olishi kerak. Ekdal yaxshi yigit, uni yaxshi bilaman. Biz bu tushunmovchilikni hal qildik.

Olbinning sochlari to'kilib, tajribali futbolchiga aylanganida, u intervyularda ehtiyot bo'ladi va bundan qopqonlarga tushmaydi" - deydi Kellini.

Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia