Kellini 2021 yilda faoliyatini yakunlaydi va "Yuventus" tizimida menejer bo'ladi

Alisher
25 apr 2020, 16:10
Himoyachi Jorjo Kellini "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytiradi va faoliyatini yakunlagach, klubdagi lavozimni egallaydi.

25 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallanadi. Bitim yakunlanganidan so'ng esa turinliklar menejeri sifatida ish boshlaydi.

Kellini 2017 yilning aprelida biznes boshqarish bo'yicha magistr diplomini olgan edi.

Futbolchi 2005 yildan buyon "Yuve" sharafini himoya qiladi. U joriy mavsum jarohati tufayli deyarli maydonga tushmayapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tuttosport.com