Kechagi o'yinda gol urgan futbolchi: "Biz ishlashda davom etamiz"

Xayrulla Xoliqov
26 yanv 2020, 14:45
U-23 Osiyoning chempionatining 3-o'rin uchun bahsida Avstraliyaga omad kulib boqdi.

Grem Arnold shogirdlari biz bilan kechgan bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Nikolas D'Agostino OFK saytiga intervyu yuberdi: 

- "Juda xursandman. Biz aslida musobaqani yutishni maqsad qilgandik, lekin yarim finalda Janubiy Koreyadan o'ta olmadik. 3-o'rin uchun kechgan o'yinda g'alaba qozonib Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, bu o'yinda yaxshi harakat qildik". 

- "Meni butun musobaqa mobaynida futbolchilar, oilam a'zolari va klubim "Pert Glori"dagilar qo'llab turishdi. Menga bo'lgan ishonchdan xursandman". 

- "Buyog'iga yana ishlashda davom etamiz. Olimpiadagacha o'yinimni yanada yaxshilashga harakat qilaman. Jamoamizda kuchli futbolchilar ko'p va hammamiz birgalikda ko'p ishga qodirmiz". 

- "Omadim kelib gol urdim, buning ustiga raqib futbolchisi qizil kartochka oldi, bu esa bizga ustunlik berdi. Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ham Avstraliya xalqiga quvonch ulashishga harakat qilamiz".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com