Katanetsga MTJ murabbiylar shtabida kimlar ko'maklashadi?

Aziz Tukhtamuradov
27 avg 2021
Bugun Srechko Katanets O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida e'lon qilindi.

O'FA ma'lumotiga ko'ra, uning murabbiylari shtabida 5 nafar xorijlik mutaxassis ish olib boradi. Alesh Chex va Vlado Radmanovich yordamchi murabbiy sifatida Srechko Katanetsga ko'maklashadi. Martin Magister jamoa a'zolarining jismoniy tayyorgarligiga javobgar bo'ladi. Nihad Peykovich esa darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, shtabdan fizioterapevt Ian Katanets o'rin olgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ЎФА