Kassano: "Pochettinoning PSJda uzoq vaqt qolishiga ishonmayman"

Mirjalol Normatov
5 okt 2021, 14:59
Italiyalik mashhur sobiq futbolchi Antonio Kassano PSJ ustozi Maurisio Pochettinoning klubdagi kelajagiga baho berji.

"Pochettinoning PSJdagi faoliyati qisqa bo'ladi. Uning klubda ko'p qolishiga ishonmayman. Jamoada u haqida yaxshi bo'lmagan mish-mishlar yuribdi. Ha, uning insoniylik faktoriga gap bo'lishi mumkin emas, ammo murabbiyligi... U taktika bilan umuman shug'ullanmayapti. Eshitishimcha, uning o'zi futbolchilardan maslahat olmoqda ekan", - dedi Kassano.

Argentinalik mutaxassis klub bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomasi bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bobo TV