Kasemiro: "O'tgan mavsum bilan taqqoslaganda "Real" kuchsizlangani yo'q"

Aslanov Jasurbek
8 sen 2014, 12:27
"Portu"da ijara asosida to'p tepayotgan, Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Karlos Kasemironing hisoblashicha, ispan grandi o'tgan mavsumga qaraganda kuchsizlangani yo'q.

"Real" Yevropaning yetakchi jamoalaridan bo'lib qolishda davom etmoqda. Bu klubda hamma nima qilishayotganini bilishadi. O'ylashimcha, yangi futbolchilar jamoa bilan yana Chempionlar Ligasini yutishga qodir. Transfer siyosati tufayli jamoada biror nima o'zgarganiga ishonmayman. O'zimga keladigan bo'lsak, hozirda "Portu"ning masadlari uchun kurashishga tayyorman" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com