Karvaxal: "Real" meni odam qildi"

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2021, 20:38
Ispaniyalik futbolchi madridliklar bilan yangi shartnoma imzolagach, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Klubga minnatdorchilik bildirmoqchiman. "Real" kimligimni namoyon qildi. Bu klub meni odam qildi, futbolchi bo'lishimda hissa qo'shdi. Klubning bir parchasi bo'lish uchun oldinga qadam tashlashim kerak", - dedi Karvaxal.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik himoyachi klub bilan 2025 yilgacha yangi shartnoma imzoladi.

O'tgan mavsumda u "Real Madrid" bilan chempionatning kumush medallarini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com