

"Manchester Siti"da dunyoning eng yaxshi jamoasi bor. Ularda dunyoning eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi yarim himoyachisi bor. Katta sarmoyalarsiz ular Premer-liganing o'rta toifadagi klubi bo'lishardi. Nega ular bunchalik o'ylanib qolishdi? Rohatlaning! O'rtada yurgandan ko'ra, tepada bo'lgan maqul", – dedi Karrager.
"Manchester Siti" joriy mavsumda o'tkazilgan 10 turdan so'ng 23 ochko bilan APLda ikkinchi o'rinda bormoqda. "Shaharliklar" peshqadam Londonning "Arsenal" klubidan 4 ochko ortda qolishmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Manchester klubi so'nggi besh mavsumda to'rt marta Angliya chempioni bo'lgan.



