Karlos Teves "Shanxay Shenxua"da daqiqasiga 61 evro maosh oladi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2016, 09:05
"Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubiga ko'chib o'tsa dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi.

Argentina klubi rahbariyati futbolchi yaqin vaqt ichida "Shanxay Shenxua" bilan shartnoma tuzishini e'lon qildi. 32 yoshli hujumchi klub muxlislari bilan xayrlashishga ulgurdi.

Teves Xitoyda haftasiga 615 ming funt (bir kunda 88 ming evro, bir soatda 3,6 ming evro va bir daqiqada 61 evro) maosh oladi. Ayni paytda dunyoning eng ko'p pul oladigan futbolchi "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo'lib turibdi.

Omar Momanidan yangi karikatura: Teves Xitoyga ketyapti

Teves "Shanxay Shenxua"ga o'tsa yiliga 40 mln. evro ishlab topadi

Teves: "Faoliyatimni yakunlash haqida o'ylayapman"

Karlos Teves: “Messini yoqtirmaydiganlar futbolni tushunishmaydi”


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk