Igalo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi

Alisher
5 fev 2021
"Shanxay Shenxua" hujumchisi Odion Igalo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Hujumchining yangi ish joyi "Al Shabab" bo'ladi.

31 yoshli futbolchi va klub bilan tuzilgan shartnoma 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Bitimning moliyaviy tomonlari oshkor etilmayapti.

Afrikalik hujumchi "Manchester Yunayted"da ijara asosida o'ynadi. Igalo joriy mavsum APL doirasidagi 1ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ShababSaudiFc