Karim Benzema "Real" atrofidagi mish-mishlar haqida: "Jahonning eng yaxshi klubi uchun bu oddiy hol"

Aziz Tukhtamuradov
10 fev 2021, 09:58
"Real" futbolchisi Karim Benzema "Xetafe"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"G'alaba bizga qo'shimcha ishonch bag'ishlaydi. "Xetafe"ga qarshi o'yin doim qiyin bo'ladi. 

Biz mana shunday ruxda davom etmoqchimiz. Mavsum yakunlanishiga hali ancha vaqt bor. Bu futbol. Har bir o'yin finalga teng. Ochko yo'qotish mumkin emas. 

Biz professionallarmiz va o'z kuchimizga ishonamiz. Barcha gap-so'zlar shunchaki shovqin. Bunday holat jahonning eng yaxshi klubi - "Real" uchun oddiy vaziyat hisoblanadi", - dedi Benzema. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca