"Nima muammoligini o'zidan so'rang". "Al Hilol" Ronalduning noroziligiga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026, 18:34
"Al Hilol" bosh direktori Esteve Kalsada hujumchi Karim Benzemaning transferi borasida Krishtianu Ronaldu tomonidan bildirilgan etirozlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq "Al Nassr" yulduzi Ronaldu sobiq jamoadoshining "Al Hilol"ga o'tishi "ligadagi raqobatga zarar etkazishini" aytib, bu transferga qarshi chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kalsadaning "El Larguero" ko'rsatuvidagi javobi:

"Nima muammo ekanligini Ronalduning o'zidan so'rash kerak. Bizda hujumchi sotib olish uchun qulay imkoniyat paydo bo'ldi. Benzema - "Oltin to'p" sohibi va unga ligaga moslashish shart emas. Bu transfer biz uchun ideal va hozirdanoq tijoriy foyda keltirmoqda.

Karimning aynan "Al Hilol"ni tanlagani meni hayron qoldirmadi, chunki biz Saudiya Arabistonidagi eng qudratli va mashhur klubmiz", - dedi bosh direktor.

Shuningdek, klub rahbari transferlar uchun mablag' qayerdan olinishini ham ochiqladi: atributika sotuvi, hukumat dasturi va klubga katta yordam beradigan shahzoda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Larguero