

Bu haqda Championat.asia muxbiri Tolibjon Qosimov ma'lum qildi.
"Lochinlar" Timur Kapadzening "Olimpik" va OTJdagi sobiq shogirdlari Otabek Jo'raqo'ziev hamda Po'latxo'ja Xoldorxonovga jiddiy qiziqmoqda. Jo'raqo'zievning transfer huquqi "Paxtakor"ga tegishli, Xoldorxonov esa "erkin qush", – deyiladi xabarda.

23 yoshli hujumchi Jo'raqo'ziev "Andijon" libosida 18 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. 22 yoshli hujumchi Xoldorxonov (suratda) esa "Sho'rtan" tarkibida 16 o'yinda maydonga tushdi va 7 ta to'p kiritdi.



